
Matematika sohasida yuqori bilimga ega bo‘lgan Yasha Asley hozirda dunyoning eng yosh professori hisoblanadi. U hozirda Lester universitetida o‘zidan katta yoshdagi talabalarga dars beradi. Dars berishidan oldin universitetdagi katta o‘qituvchilar uning bilimiga ishonishmagan, lekin vaqt o‘tib ular ham bu yosh professorga tan bermay ilojlari qolmagan.
U hozir 14 yoshda va universitetda ham o‘qiydi ham dars beradi, chunki 13 yoshida talaba bo‘lish unga nasib qilgan. Butun dunyoda kalkulyator deb tan olingan bu yosh professorning otasi Maussa Asley o‘g‘lidan juda ham minnatdor ekanligi va u bilan faxrlanishini ta’kidlamoqda.
Yosh ProfessorMatematikada BilimLester UniversitetiKatta O‘qituvchilarYasha AsleyTalabalar Darslari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar