09:50 / 19.11.2019
1 212

Tramp o‘z impichmenti bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga tayyorligini aytdi

Tramp o‘z impichmenti bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga tayyorligini aytdi
Foto: Zach Gibson/Getty Images
AQSh kongressi quyi palatasi spikeri va demokrat Nensi Pelosi AQSh prezidenti Donald Trampni unga nisbatan impichment jarayoni boshlanishiga olib kelgan ayblovlarga javob berishga chaqirdi.

Tramp bunga Twitter’da darhol javob berib, taklifni ko‘rib chiqishga va ko‘rsatmalar berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, u yozma ravishda ko‘rsatmalar berishga tayyor.

“Men yomon ish qilmagan bo‘lsam-da va menga qonunga zid jarayonga qonuniylik berish yoqmasa-da, bu g‘oya menga yoqdi. Kongress yana e’tiborini jamlashi uchun uni ko‘rib chiqishga tayyorman”, deb yozgan Tramp.

Shu bilan birga, Tramp shaxsan kongressga kelib, qoralovchilarning savollariga javob berishi haqida hech narsa demagan.
Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishiga uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati sabab bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)