
Birlashgan Qirollikning bir-biridan go‘zal hamda jozibali qirolichalari va malikalari hamisha barchaning e’tiborida bo‘lib kelgan. Ularni solishtiradigan bo‘lsak, barchasi birdek latofatli. Aytishlariga qaraganda, Qirollik oilalaridagi ayollarning e’tiborni tortuvchi tashqi ko‘rinishi ham siyosat yuritishda alohida ahamiyat kasb etar ekan. Dunyo tarixida sanoqli malika va qirolichalar insonlar xotirasida o‘zining go‘zalligi bilan saqlanib qolgan.

1. Malika Margaret, Snoudon grafinyasi- Qirolicha Yelizaveta II ning singlisi bo‘lgan bu ayol hanuzgacha butun dunyo bilgan eng go‘zal xilqatlardan biri bo‘lib kelmoqda. Garchi uning hayoti ko‘plab janjallarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, u haqiqatdan ham har jihatdan noyob edi.

2. Greys Kelli- o‘z davridagi eng latofatli ayollardan biri bo‘lgan Greys Kelli Monako shahzodasi Rainiyer III ga erga tegib, qirollik oilasiga qadam qo‘ydi. Malika bo‘lishidan oldin Greys Gollivudning yetakchi aktrisalaridan biri edi. U o‘zining sehrli jozibasi va farishtali qiyofasi bilan hanuzgacha barchaning yodida qolgan.

3. Monako malikasi Sharlotta- Greys Kellining nevarasi Sharlotta Kasiragi aytish mumkinki, buvisining meros qolgan husniga haqqoniy egalik qila olgan ayoldir. Monako malikasi taxtga to‘rtinchi bo‘lib o‘tirgan hisoblanadi hamda hayotning turli sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erisha oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar