Internet orqali hid yuborish mumkinmi?

Internet orqali hid yuborish mumkinmi?

Olimlar hidlarni raqamli ma’lumotga aylantirib, internet orqali uzatish va boshqa qurilma yordamida qayta hosil qilish imkonini beruvchi Scentronic tizimini sinovdan o‘tkazdi.

AQSHning Ogayo shtati universiteti va Xitoyning Zhejiang Laboratory muassasasi tadqiqotchilari ishlab chiqqan texnologiya elektron «burun» yordamida hidlarni aniqlaydi. Sun’iy intellektga asoslangan tizim olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, internet orqali boshqa qurilmaga yuboradi. Qabul qiluvchi qurilma esa tegishli xushbo‘y moddalarni chiqarib, hidni qayta hosil qiladi.

Hozircha Scentronic besh xil hidni — pivo, tort, qahva, apelsin va qizil vino hidini aniqlashga o‘rgatilgan. Demak, tizim istalgan hidni aniq va to‘liq takrorlay olmaydi.

Tajribalarda ishtirokchilar qurilma hosil qilgan hidlarni yakka holda taqdim etilganda taxminan 73 foiz, ikkita hid aralashmasi berilganda esa 71 foiz holatda to‘g‘ri aniqlagan.

Mutaxassislar kelajakda bu texnologiyani virtual va qo‘shimcha reallik tizimlarida, internet-do‘konlarda mahsulot hidini masofadan baholashda hamda tibbiy tekshiruvlarda qo‘llash mumkinligini aytmoqda.

Shunga qaramay, Scentronic hozircha ilmiy tadqiqot bosqichidagi prototip hisoblanadi. Uni kundalik hayotda keng qo‘llash uchun ko‘proq hidlarni aniqlash, murakkab hidlar aralashmasini farqlash va ularni aniqroq qayta hosil qilish imkoniyatlarini takomillashtirish zarur.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar