11:43 / 30.11.2019
3 527

Erdo‘g‘on NATO haqida gapirgan Makronga shifokorga uchrashni tavsiya qildi

Erdo‘g‘on NATO haqida gapirgan Makronga shifokorga uchrashni tavsiya qildi
Foto: «Interfaks»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makronni «NATO miyasining o‘limi» haqida gapirgan gaplari uchun keskin tanqid qildi va unga shifokorga uchrashni tavsiya qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan.

«3—4 dekabrda o‘tadigan NATO yig‘ilishida Fransiya prezidentiga murojaat qilib, unga quyidagi tavsiyalarimni beraman. Makron miya o‘limi borasida shifokorga uchrashi lozim», — deya ta’kidlagan Erdo‘g‘on Istanbuldagi Marmara universitetida.

Erdo‘g‘on Parijning Turkiyani NATO a’zoligidan chiqarish borasida qaror qabul qilish vakolatiga ega emasligini bildirgan. Shuningdek, Turkiya prezidenti fransuz harbiylarining Suriyada yurgani haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

«Fransiyaning Suriyaga harbiylarini kiritishga haqi yo‘q. Ularni Bashar Asad hukumati ham Suriyaga chaqirmagan», — deydi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti qo‘shni davlatda belgilangan muddatlarda mamlakat xavfsizligiga tahdidlar saqlanib qoladigan bo‘lsa, Anqaraning yana qat’iy choralar qo‘llashga kirishishini ma’lum qildi.

Makron NATOning strategik qarorlar qabul qilish borasida oqsayotgani va Turkiyaning Suriyadagi harakatlariga nisbatan chora ko‘rmagani, g‘oyalar boshqaruvini yo‘qotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO strategik maqsadlarini aniqlab olishi lozim, Yevropa jar yoqasida turibdi va qit’ani himoya qilish ishlarini boshlash zarur.

Shuningdek, Makron Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasini qoralagan va Anqaradan harbiy harakatlarni tezroq tugatishni so‘ragan. U Turkiyaning Suriyada harbiy harakatlarni amalga oshirgani NATOning Anqaraga nisbatan chora ko‘rishiga olib kelishini bildirgan. Ushbu gaplardan keyin Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lu Markon terrorchilar homiysi ekanini qayd etgan.

Keyinchalik NATO bosh kotibi Yens Stolenberg Makronning fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi, Estoniya hamda Litva davlatlari ham Fransiya yetakchisini qo‘llab-quvvatlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on NATO haqida gapirgan Makronga shifokorga uchrashni tavsiya qildi