Nursulton Nazarboyev va Qosim-Jomart Toʻqayev/Foto: REUTERS
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev Germaniyaga safar qilishdan oldin Deutsche Welleʻga intervyu berdi.
Jurnalist amaldagi davlat rahbari va birinchi prezident vazifalari oʻrtasida qandaydir tafovut bor-yoʻqligi haqida soʻradi.
- Toshkentga (29-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi), masalan, Nazarboyev tashrif buyurdi. Bunda vazifalarning qandaydir taqsimlanishi bormi? - deb soʻradi jurnalist.
- Nazarboyev haqiqatdan ham Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. U bir vaqtlar ushbu formatni oʻzi yaratgandi, 2000-yillarning boshida esa butun bir tashkilot - Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati mavjud edi. Keyin, turli sabablarga koʻra, bu hamjamiyat tarqatib yuborildi, ammo endi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oʻrtasida bunday norasmiy maslahatlashuvlarga ehtiyoj paydo boʻldi. Axir, ushbu mintaqa geosiyosat nuqtayi nazardan juda muhimdir. Davlat rahbarlari oʻrtasida norasmiy maslahatlashuvlar oʻtkazish juda kerak boʻlgan narsa. Nursulton Nazarboyev Elboshi sifatida shu bilan shugʻullanmoqda, - deya javob qaytardi Toʻqayev.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi faxriy raisi maqomi berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi