date
views 3 199

O‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori ma’lum qilindi

O‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori ma’lum qilindi
Jeff Bezos/Foto: Andrew Harrer / Bloomberg via Getty Images
Dunyodagi eng yirik kompaniyalarning moliyaviy direktorlari Amazon kompaniyasi egasi, dunyodagi eng badavlat odam Jeff Bezosni (milliarderlarning global reytingida birinchi o‘rin; 2019 yil mart holatiga ko‘ra - 131 milliard dollar) o‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori deb hisoblamoqda.

Buni CNBC Global CFO Council tomonidan noyabr oyining oxiri - dekabr oyining boshlarida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ko‘rsatdi. Bezosga respondentlarning uchdan bir qismi ovoz bergan, deb yozmoqda CNBC.

So‘rov natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni Alibaba internet-reteyleri asoschisi, xitoylik Jek Ma (Xitoy milliarderlari reytingida birinchi o‘rin; uning boyligi 38,2 milliard dollarni tashkil etadi) egalladi, u bu yil kompaniya rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi.

Uchinchi pog‘onada Tesla hamda SpaceX rahbari Ilon Mask (milliarderlarning global reytingida 40-o‘rin; boyligi - 22,3 milliard dollar).

So‘rov ishtirokchilari, shuningdek, Microsoft bosh direktori Satya Nadella, Apple rahbari Tim Kuk, sarmoyador Uorren Baffet (global milliarderlar reytingida 3-o‘rin; boyligi - 82,5 milliard dollar) va JPMorgan Chase bosh direktori Jeymi Daymonni (global milliarderlar reytingida 1717-pog‘ona; 1,3 mlrd dollar) tilga olishdi.

Dastlab faqatgina kitoblarni onlayn sotish bilan shug‘ullangan Amazon kompaniyasi 1994 yilda Bezos tomonidan tashkil etilgan. 25 yil ichida u dunyodagi eng yirik onlayn-do‘konga aylandi. Kompaniya chakana savdo bilan bir qatorda, bulutli hisoblash va sun’iy idrok sohasidagi faoliyatidan daromad ham oladi, deya ta’kidlaydi CNBC.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori ma’lum qilindi