
Foto: «Facebook»
Ukrainadagi yetakchi «Xalq xizmatchisi» partiyasi yangi yil oldi korporativini o‘tkazdi, partiyaning o‘zi buni xayriya kechasi deb atadi. Tadbirga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham keldi.
Shu partiyaning Radadagi deputati Olena Moshenes bayram tasvirlarini feysbukdagi sahifasiga joyladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyatiga «o‘tirish» yoqmadi, mamlakatdagi vaziyatga qarab ish qilish kerak, hozir mavridi emas deyishdi:
«Maestro studiyaga yetib keldimi... Pianinochining chiqishiniyam ko‘rsatasizmi?», «Sizga yaxshi kayfiyat. Uyalmang. Ukraina havaskorlar davrini o‘tkazib olishi uchun kuch kerak», «Nimani nishonlayapsiz? Qashshoqlik davri tugaganinimi? Yoki yolg‘onning?», «Gaz kapitulyatsiyasinimi?», «Vabo paytidagi ziyofat». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar