Foto: CNN
AQSHning Jorjiya shtatida evtanaziya yo‘li bilan qatl etilishga hukm qilingan mahbus Jimmi Fletcher Meders hukm ijro etilishiga bir necha soat qolganda afv etildi. Bu haqda UPI nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda.
Afv etish va shartli-muddatdan oldin ozodlikka chiqarish bo‘yicha davlat kengashi Medersga chiqarilgan o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosi bilan almashtirishga qaror qilgan.
Mahbus 16 yanvarda qatl etilishi kerak edi. Biroq kengash 15 yanvarda o‘tkazgan yig‘ilishdan keyin hukmni yumshatishga qaror qilgan. Kengash mahbus jinoyatni sodir etishgacha sudlanmagani va panjara ortida o‘tkazgan 30 yildan ko‘proq vaqt ichida faqatgina bir marta kichik huquqbuzarlikni sodir etganini e’tiborga olgan.
Meders 1989 yilda mast holda do‘kon sotuvchisini o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, AQSHda 1976 yilda o‘lim jazosi tiklangandan keyin Jorjiyada 74 erkak va bir ayol qatl etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi