Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov patriarx Kirill tomonidan taklif etilgan Konstitutsiyada Xudoni eslash g‘oyasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Kremlda bu masala komissiya doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Bilasiz, komissiya tarkibi juda keng. U yerda turli fikrdagi insonlar bor. Bu taklif ham komissiya a’zolari tomonidan muhokama qilinadi", dedi Peskov.
O‘tgan haftada Moskva va Butunrossiya patriarxi Kirill mamlakat Konstitutsiyasi muqaddimasida Xudo nomi eslanishi haqida taklif bergandi. U o‘z so‘zini izohlarkan, Rossiya aholisining aksariyat qismi Xudo oliy zot ekanini tan olishini aytib o‘tgandi.
Rossiya Konstitutsion qonunchilik qo‘mitasi raisi Andrey Klishasning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish komissiyasi hay’ati bu taklifni ham ko‘rib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi