2 324
4 nafar xitoylik AQSHning 145 mln fuqarosi shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda
Foto: Global Look Press/Oliver Berg
AQSHda 4 nafar xitoylik 145 mln kishining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Ular qo‘liga fuqarolarning ism-shariflari, tug‘ilgan sanalari va ijtimoiy sug‘urta raqamlari haqidagi ma’lumotlar tushgan.
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr xitoyliklarga AQSHning Equifax kredit tarixi byurosi kompyuter tizimlarini buzib kirish, tijorat siri va amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash ayblovini ilgari surdi. Bu haqda AQSH adliya vazirligida ma’lum qilingan.
AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Xitoy armiyasiga qarashli tadqiqot institutlaridan birida ishlashgan.
2017 yilda sodir etilgan xakerlik hujumidan 145 mln kishi yoki AQSH aholisining deyarli yarmi jabrlangan.
Equifax kompyuter tizimlari buzib kirilganidan keyin kompaniya 575 mln dollar jarima va xakerlik hujumi jabrlanuvchilarga kompensatsiya jamg‘armasiga 300 mln dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, kompaniya kiberhujumlardan himoyasini kuchaytirishga va’da bergan. Ushbu voqeadan keyin kompaniyaning direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Richard Smit iste’foga ketishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!