11:53 / 18 февраля 2020
1 628

Pompeoning xavotirlariga javob: “Qo‘rqitishni yaxshi ko‘radiganlar bor”

Pompeoning xavotirlariga javob: “Qo‘rqitishni yaxshi ko‘radiganlar bor”
Rossiyalik virusolog Viktor Zuyev AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning “O‘zbekiston va Qozog‘iston kornavirusga qarshi tura olmasligi” haqidagi bayonotiga izoh berdi.

O‘tgan hafta matbuot anjumanida chiqish qilgan Mayk Pomeo Xitoyga qo‘shni bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmasi koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligi haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu masalada allaqachon 100 million dollar ajratgan va bundan keyin ham ushbu respublikalarga faol yordam berishda davom etadi.

Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining faxriy vitse-prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, virusolog Viktor Zuyevning aytishicha, AQSH asossiz ravishda vahima ko‘taryapti va bo‘rttirilgan ko‘rsatkichlarni dalil qilib ko‘rsatyapti. Mutaxassisning fikricha, qiyin vaziyatda qanday amal qilishni O‘zbekiston va Qozog‘iston yaxshi biladi.

“Men ular (O‘zbekiston va Qozog‘iston) nima qilish kerakligini va nima qilishni o‘zlari tushunadi, deb o‘ylaymane. Nimanidir hisoblab o‘tirishni, ayniqsa, boshqalarni qo‘rqitishni yoqtiradiganlar ko‘p. Fikrimcha, amerikaliklar bu kasallikni milliardlab odam yuqtirsa kerak, deb hisoblayapti. Ammo ular bu masalada virusga qarshi ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarni hisobga olmay mavzuga burun tiqishyapti”, deydi u.

Zuyevning aytishicha, bunday mavzularda gapirayotganda, xususan, Xitoy hukumati shu kunlarda zararlanganlar soni kamayayotganini aytib turgan vir vaqtda ko‘proq dalil keltirish lozim.
Bu juda muhim ko‘rsatkich. Bu kasallik cho‘qqidan o‘tib bo‘lgani va epidemiya qulashga qarab ketganini bildiradi. Bundan xursand bo‘lish kerak”, deydi zuyev.

Shu bilan birga mutaxassis ayni kasallik bo‘yicha dori vaksinasi ishlab chiqarilgani haqidagi bayonotlarga xolis yondashish kerakligiga va uch oy ichida uni ishlab chiqish imkonsiz ekaniga urg‘u beradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil dekabrda Xtoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan yangi turdagi koronavirusdan umumiy hisobda 73 335 kishi zararlangan, 1 873 kishi bu kasallik tufayli vafot etgan. Ayni paytda 12 803 kishi undan butunlay sog‘ayib ketgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)