21:43 / 21.02.2020
3 453

AQSH razvedkasi Rossiya Trampni qayta prezident qilish uchun harakat boshlaganini ma’lum qildi

AQSH razvedkasi Rossiya Trampni qayta prezident qilish uchun harakat boshlaganini ma’lum qildi
Foto: The New York Times
AQSH razvedka xizmatlari xodimlari Kongressning Vakillar palatasi razvedka bo‘yicha qo‘mitasiga Rossiya Donald Trampning qayta prezident etib saylanishiga ko‘maklashish maqsadida Amerika saylov kampaniyasiga aralasha boshlagani haqida ma’lum qildi. Bu haqda 13 fevral, payshanba kuni, bo‘lib o‘tgan yopiq brifingda ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda The New York Times o‘z manbalariga asoslanib.

Razvedka vakillarining ma’lum qilishicha, Rossiya Demokratik partiyaning praymeriziga ham va umuman saylovning borishiga ham aralashmoqchi. Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini xuddi amerikalikdek ko‘rsatish o‘rniga, amerikaliklarni yolg‘on ma’lumotlarni takrorlashga undash ustida ishlamoqda. Bu ijtimoiy tarmoqlarning yolg‘on ma’lumotlarni chop etishga doir qoidalarini chetlab o‘tish maqsadida qilinmoqda.

Razvedka xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Amerika saylovlariga aralashish uchun Rossiya boshqa mamlakatlardagi emas, balki aynan AQSHdagi serverlardan foydalanmoqchi, shuningdek, kiberhujumlarni xuddi Erondagi xakerlar amalga oshirayotgandek ko‘rinadigan qilib uyushtirmoqchi.

The Washington Post’ning qayd etishicha, Rossiya Trampga yordam berish uchun aynan qadamlar tashlashi hali tugal ma’lum emas. Brifing davomida AQSH prezidentining tarafdorlari yangragan bayonotlarga qarshi chiqib, Tramp Moskvaga faol qarshilik ko‘rsatgani, Ukrainaga qurol-yarog‘ taqdim etgani va NATOni mustahkamlash ustida ishlaganini ta’kidlagan.

Brifingning ertasiga Donald Tramp AQSH milliy razvedkasi direktori vazifasini bajaruvchi Jozef Maguayrni tanqid qilgan — brifingni uning yordamchisi Shelbi Pirson o‘tkazgan edi. 19 fevral, chorshanba kuni esa Tramp milliy razvedka rahbarligiga Maguayr o‘rniga AQSHning Germaniyadagi elchisi Richard Grenell tayinlanishini ma’lum qildi.

Amerika maxsus xizmatlarining fikricha, Rossiya rasmiylari 2016 yilda AQSH prezidenti saylovi jarayoniga aralashuv kampaniyasini uyushtirgan. Rasmiy Moskva ushbu ayblovni qat’iy rad etib keladi. Shuningdek, AQSHda Donald Trampning saylovoldi shtabining Rossiya bilan aloqalari bo‘lgan, deb taxmin qilinadi, biroq AQSH maxsus prokurori Robert Myuller olib borgan surishtiruv bu taxminni tasdiqlamadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH razvedkasi Rossiya Trampni qayta prezident qilish uchun harakat boshlaganini ma’lum qildi