18:53 / 01.03.2020
7 000

Koronavirusning ekologiyaga foydasi aniqlandi

Koronavirusning ekologiyaga foydasi aniqlandi
Xitoyda tarqalgan koronavirus epidemiyasining foydali jihatlari aniqlandi. AQSHning NASA koinot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Uxan shahri osmoni kutilmaganda juda toza ko‘rinish olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida kasallik tarqagach, Xitoy hukumati karantin joriy etdi. Natijada ko‘plab zavod va fabrikalar faoliyati to‘xtatildi.

NASA tomonidan xabar qilinishicha, garchi bu chora-tadbirlar iqtisodiy jihatdan zarar keltirgan bo‘lsa-da, ekologik jihatdan juda katta foydaga sabab bo‘lgan. «Biz birinchi bor atmosfera bu qadar toza ko‘rinish olganiga guvoh bo‘lmoqdamiz», — deyiladi NASA bayonotida.

Axborotda aytilishicha, avvaliga faqat Uxan shahri osmoni tozalana boshlagan. Keyinchalik yon-atrofda ham karantin holati joriy etilgach, atmosferaga chiqayotgan zararli tutunlar 10-30 foizga kamaygan.

Xabar qilinishicha, 2008 yilgi iqtisodiy inqiroz vaqtida ham ekologiya ancha tozalangan. Ammo o‘sha vaqtda atmosfera hozirgidek birdan emas, balki asta-sekin tozalanib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning ekologiyaga foydasi aniqlandi