20:45 / 05.03.2020
3 731

Erondagi baland binolardan biriga koronavirusdan himoya niqobi «kiydirildi» (video)

Erondagi baland binolardan biriga koronavirusdan himoya niqobi «kiydirildi» (video)
Eronlik videorassom Hamid Ibrohimniya (Hamid Ebrahimnia) mashhur binoni koronavirusdan himoyalab qo‘ydi. U Instagram’dagi sahifasida ikkita vertolyotning Erondagi eng baland bino, ya’ni «Burchi Millat»ga (435 metr) niqob taqayotgani tasvirlangan videoni joylashtirgan.

Ibrohimniya video ostiga yozgan izohida ushbu ish ramziy ahamiyatga ega ekani va bu o‘z qadrdon shahrini koronavirusdan himoyalash yo‘lida qilingan jamoaviy sa’yi-harakatlarga berilgan baho ekanini qayd etgan. Muallif ushbu yo‘l bilan COVID-19 virusi bilan kasallangan hamshaharlariga ruhiy ko‘mak bermoqchi bo‘lgan. Ikki kun ichida videoning ko‘rishlar soni 110 mingdan ham oshib ketdi.

Ibrohimniya o‘zi yozgan postda rolikning yaratilish tarixi va undagi maxsus effektlarning sirlari bilan ham bo‘lishgan. Montaj jarayonida Cinema 4D grafik dasturi, video qirqib olish uchun Boujou dasturi, shuningdek Adobe After Effects’dan foydalanilgan.

Koronavirusning tarqalishi tibbiyot niqoblariga bo‘lgan talabning keskin oshishga sabab bo‘ldi va ko‘pchilik bundan boyib ketish maqsadida foydalanishga urinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erondagi baland binolardan biriga koronavirusdan himoya niqobi «kiydirildi» (video)