00:22 / 14.03.2020
13 525

Gitler haqida siz bilmagan faktlar

Gitler haqida siz bilmagan faktlar

1. U Ikkinchi Jahon urushi paytida kokain (narkotik)ga mukkasidan ketgan edi.
2. U Yevropada inson hayvonot bog‘lariga chek qo‘ygan birinchi rahbar edi.

3. Uning asl familiyasi Shiklgruber edi.
4. Gitler Rossiya poytaxti Moskva shahridagi jami tirik jonni qirib, shaharni suvga cho‘ktirib yuborishni rejalashtirgan. Buning uchun avval alohida suv ombori qurishni mo‘ljallagan.
5. Nemislar generali Ervin Rommel Gitlerning asirlikdagi yevreylarni ommaviy tarzda o‘ldirish haqidagi buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan.
6. Adolf Gitler bolalikdan rassom bo‘lishni orzu qilardi. Ammo Venadagi arxitektura maktabiga kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan.

7. 1936 yili Gitler Berlinda o‘tgan olimpiya o‘yinlari g‘oliblariga chinor ko‘chatlarini hadya qilgan.
8. Gitler tish do‘xtiridan o‘lgudek qo‘rqqan. Xuddi qizlar kabi chiroyli yozganligi uchun maktabdagilar ma’lum vaqt uni hezalak bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan.
9. U Uinston Cherchillni shokolad konfetiga joylangan bomba yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
10. Gitler o‘smir paytida yevrey millatiga mansub qizni sevardi. Ammo hech qachon muhabbatini qizga izhor eta olmagan.
11. Gitlerning familiyasi Shiklgruber bo‘lishi lozim edi. Ammo otasi 1877 yili Gitler familiyasiga o‘zgartirgan.

12. Gitlerning kabinetida Genri Fordning portreti osig‘lik turgan. Go‘yoki Fordning suratiga boqsa, fashistlar yetakchisi ilhom olarmish.
13. Amerika maxfiy xizmat tashkiloti xodimlari ko‘p marotaba Gitlerning ovqatiga estrogen — ayollar garmonini qo‘shishga, shu yo‘l bilan uni ayolsifatga aylantirib qo‘yishga uringan. Biroq uddasidan chiqa olmagan.
14. Gitler «Aylurofobiya» xastaligi (Mushukdan qattiq qo‘rqish) bilan og‘rigan. Bundan tashqari, «Meteorizm»dan ham azoblangan. Bu xastalikka qarshi kurashish yo‘lida 28 xil dori vositasidan foydalanib ko‘rgan. Baribir tuzalib ketmagan. Eslatib o‘tamiz, meteorizmga chalinganlar havo o‘zgarishi tufayli turli og‘riqlarni boshdan o‘tkazadi. O‘zini yomon his eta boshlaydi.
15. To‘rt yoshida Gitler suvga cho‘kib ketgan. Ammo uni bir ruhoniy qutqarib qolgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gitler haqida siz bilmagan faktlar