21:21 / 17.03.2020
3 104

Tramp «Xitoy virusi» bilan bog‘liq vaziyatni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi

Tramp «Xitoy virusi» bilan bog‘liq vaziyatni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi
Foto: AP / Evan Vucci
AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomoni koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni siyosiylashtirishda ayblab, shu bilan birga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talabiga zid ravishda, koronavirusni “Xitoy virusi” deb atashda davom etgan.

Kuomo barcha shtatlar bir xil sharoitda bo‘lishini istamoqda. Biroq xamma shtatlarda vaziyat turlicha, ba’zilari Xitoy virusidan kuchli aziyat chekmoqda, ba’zilari esa umuman yo‘q. Endryu, buni siyosatga aralashtirma”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Bir kun avval Kuomo matbuot anjumanida Nyu-York shtati hamda unga qo‘shni Konnektikut va Nyu-Jersi shtatlarida 16 martdan restoran, kinoteatr, sport zallari yopilishini e’lon qilgan. Xuddi shunday choralarga Merilend va boshqa shtatlarda borilgan, Kaliforniyadagi San-Fransisko shahri esa karantin e’lon qilgan. Nyu-York gubernatori bu choralar hamma yerda joriy qilinmasa, samarasiz ekanligini aytgan.

16 mart kuni Tramp ma’muriyati koronavirus tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan bir qator choralar e’lon qildi. AQSH prezidentining ta’kidlashicha, vaziyat iyul-avgustgacha keskin bo‘lib qolishi mumkin.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQSHda koronavirusdan kasallanganlar soni 4773 nafarni, vafot etganlar esa 93 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp «Xitoy virusi» bilan bog‘liq vaziyatni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi