6 741
48 soat navbatchilikda turgan hamshira do‘konda bo‘sh peshtaxtalarga duch kelgach, yig‘lab yubordi (video)
Kadr: Facebook
Angliyaning York shahridan bo‘lgan hamshira 48 soat shifoxonada ishlagani sabab koronavirus pandemiyasi oqibatida do‘konlarning bo‘shab qolgan peshtaxtalaridan o‘ziga kerakli mahsulotlarni topa olmadi, deb xabar beradi Daily Mail'ga tayanib Daryo.
51 yoshli Doun Bilbrou uzoq vaqt davom etgan navbatchilikdan so‘ng, dam olish kunlari uchun oziq-ovqat xarid qilish maqsadida mahalliy do‘konlarga kirgan. Biroq koronavirus sabab tovarlarga bo‘lgan talabning ortib ketgani bois u o‘ziga kerakli mahsulotlarni topa olmagan. Ayolning qayd etishicha, meva va sabzavotlar bo‘limi mutlaqo bo‘m-bo‘sh bo‘lgan.
«Odamlar peshtaxtalardan asosiy mahsulotlarni olib ketmoqda. Bunday qilishni to‘xtating. Bo‘lmasa, sizlarni oyoqqa turg‘izishga urinayotgan men kabilar ovqatsiz qolyapti. Iltimos, to‘xtanglar», — deb yig‘lab yubordi hamshira. Bilbrou o‘zining videomurojaatini Facebook’dagi sahifasiga joylagan. Rolik e’lon qilingach, u do‘stlari va qarindoshlaridan ko‘plab qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini eshitgan.
Tarmoq foydalanuvchilaridan biri Bilbrouga hamdardlik bildirib, o‘z mahsulotlari bilan bo‘lishishga tayyorligini aytgan: «Doun, iltimos yig‘lama! Men izolyatsiyadaman. Bir qop kartoshka va sabzim, shuningdek, tarvuzim bor. Men bularning barchasini uyimning burchagida qoldirishim mumkin. Iltimos, yig‘lama». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?