
«Valyadolid» klubida ijara asosida to‘p suruvchi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Pedro Porro Ispaniyada karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi.

Foto: Twitter
«Bugun tongda men xatoga yo‘l qo‘ydim va barchadan kechirim so‘rayman. Uyda yetishmayotgan vositalarni olib kelish uchun avtomobilda Valyadolid markaziga borgandim. Men Boesilyoda yashayman va o‘zimga kerak bo‘lgan narsani bu yerdan topa olmadim. Politsiya bu yerga nima uchun kelganimni tushunmadi va menga jarima qo‘lladi. Men karantin qoidalarini hurmat qilaman, biroq bugun adashdim va umid qilamanki, bu boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Valyadolid politsiyasidan kechirim so‘rayman[i][/i]», — deya yozadi futbolchi o‘z Twitter’ida.
«Manchester Siti» 2019 yilning avgustida 20 yoshli ispaniyalik futbolchini «Jirona»dan 11 million funt evaziga sotib olgan va uni «Valyadolid»ga ijaraga berib yuborgandi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada karantin qoidalarini buzganlik uchun 150—900 AQSH dollari miqdorida jarima yoki uch oydan bir yilgacha qamoq jazosi joriy etilgan.
ValyadolidManchester SitiPedro PorroKarantin QoidalariJarima TortildiIspaniya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar