Nodirbek Abdusattorovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i kim? To‘y qachonga belgilanmoqda?

Nodirbek Abdusattorovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i kim? To‘y qachonga belgilanmoqda?

O‘zbekistonning taniqli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov uylanish arafasida. Sportchining unashtiruvi 4-oktyabr kuni o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, to‘y marosimi 2027 yil mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Grossmeysterning tanlagan yori Sevinch Mavlonova ekani ma’lum bo‘ldi. U kiberxavfsizlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi hamda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.

Shu tariqa, sport va zamonaviy texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan ikki yoshning hayoti bir nuqtada tutashmoqda. Nodirbek Abdusattorov esa shaxmatdagi muvaffaqiyatlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham tanilgan. U 13 yoshida grossmeyster bo‘lgan, 2021 yilda rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Endilikda yosh chempion uchun hayotining yangi sahifasi ochilmoqda. Unashtiruv munosabati bilan Abdusattorov va Mavlonovaga baxt, mehr va mustahkam oila tilaymiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar