14:44 / 24.03.2020
2 764

«Manchester Siti» futbolchisi karantin qoidalarini buzganligi sabab jarimaga tortildi

«Manchester Siti» futbolchisi karantin qoidalarini buzganligi sabab jarimaga tortildi
«Valyadolid» klubida ijara asosida to‘p suruvchi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Pedro Porro Ispaniyada karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi.

Foto: Twitter
«Bugun tongda men xatoga yo‘l qo‘ydim va barchadan kechirim so‘rayman. Uyda yetishmayotgan vositalarni olib kelish uchun avtomobilda Valyadolid markaziga borgandim. Men Boesilyoda yashayman va o‘zimga kerak bo‘lgan narsani bu yerdan topa olmadim. Politsiya bu yerga nima uchun kelganimni tushunmadi va menga jarima qo‘lladi. Men karantin qoidalarini hurmat qilaman, biroq bugun adashdim va umid qilamanki, bu boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Valyadolid politsiyasidan kechirim so‘rayman[i][/i]», — deya yozadi futbolchi o‘z Twitter’ida.

«Manchester Siti» 2019 yilning avgustida 20 yoshli ispaniyalik futbolchini «Jirona»dan 11 million funt evaziga sotib olgan va uni «Valyadolid»ga ijaraga berib yuborgandi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada karantin qoidalarini buzganlik uchun 150—900 AQSH dollari miqdorida jarima yoki uch oydan bir yilgacha qamoq jazosi joriy etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Manchester Siti» futbolchisi karantin qoidalarini buzganligi sabab jarimaga tortildi