Foto: Reuters
COVID-19 pandemiyasining butun jahon bo‘ylab statistikasini olib borayotgan worldometers.info sayti ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirgan bemorlar soni 400 ming nafardan oshgan.
Bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlari jahonda mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 400 ming 549 kishi kasallikka chalingan (kunlik o‘sish +33 ming). 12857 kishi vafot etgan (kunlik o‘sish +1970). 21 ming 700 kishi tuzalgan.
2-o‘rinda Ispaniya: jami yuqtirganlar soni — 146 690 (+5 267), vafot etganlar soni — 14 045 (+704), tuzalganlar soni — 43 208;
3-o‘rinda Italiya: jami yuqtirganlar soni — 135 586 (+3 039), vafot etganlar soni — 17 127 (+604), tuzalganlar soni — 24 392;
4-o‘rinda Fransiya: jami yuqtirganlar soni — 109 069 (+11 059), vafot etganlar soni — 10 328 (+1 417), tuzalganlar soni — 19 337;
5-o‘rinda Germaniya: jami yuqtirganlar soni — 107 663 (+4 288), vafot etganlar soni — 2 016 (+206), tuzalganlar soni — 36 081;
Koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy 6-o‘ringa tushib ketgan. Kecha Xitoyda ilk marta o‘lim holati qayd etilmagan, bor-yo‘g‘i 32ta yangi holat aniqlangandi. 8 aprel kuni yana ikki o‘lim va 62ta zararlanish holati qayd etildi. Jami 81802 yuqtirganlardan 77279 nafari tuzalib bo‘lgan. 3333 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 1190 nafar bemor qolmoqda.
8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami kasallanish holatlari soni 534tani tashkil etmoqda. Bugun 14ta yangi holat aniqlandi. Vafot etganlar soni — 3 kishi. Shu kungacha 30 kishi kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan.
Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich — 709, Afg‘oniston — 423, Qirg‘iziston — 270.
Rossiyada esa kasallanganlar soni 8672 kishiga yetdi (bugun + 1175). Vafot etganlar — 63 (+5). Tuzalganlar — 580 kishi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish