20:20 / 30.04.2020
1 674

Belgiyaliklarga mamlakat iqtisodiyotini qutqarib qolish uchun ko‘proq fri yeyish taklif etilyapti

Belgiyaliklarga mamlakat iqtisodiyotini qutqarib qolish uchun ko‘proq fri yeyish taklif etilyapti
Belgiyada mamlakat aholisiga ko‘proq kartoshka fri sotib olib, tanovul qilish tavsiya etilmoqda. Bu haqda Press Association axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumki, pandemiya sharoitida barcha davlatlar qatori Belgiyada ham tamaddixonalar, restoranlar, barlar va kafelar hamon yopiq turibdi. Natijada ushbu davlatda juda keng ommalashgan friga nisbatan talab ham rekord darajada tushib ketgan.

Shu bois kartoshka yetishtirib beruvchi fermerlar ham, undan mahsulotlar, jumladan, fri tayyorlaydigan biznes sub’ektlari ham katta zarar ko‘ryapti. Masalan, birgina qovurilgan kartoshka qalamchalarini ishlab chiqarish tarmog‘i karantin davrida deyarli 125 mln. yevro zarar ko‘rgan.

Vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirayotgan Belgapom kartoshka mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi rahbariyati buning antiqa yo‘lini topishdi. Ular aholidan mahalliy fermerlarni qo‘llab-quvvatlashlarini iltimos qilib, buning uchun ko‘proq kartoshka fri tanovvul qilishlarini so‘rashmoqda.

30 yillik kareram davomida ilk bor mana shunday yordam so‘rab murojaat etishga majbur bo‘lmoqdaman“, — dedi uyushma rahbari Romen Kuls.
Eslatib o‘tamiz, kartoshka frining vatani Belgiya hisoblanadi. Ushbu taom ilk marta XVI asrda Flandriyada, mamlakatning hozirgi shimoliy hududlarida paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiyaliklarga mamlakat iqtisodiyotini qutqarib qolish uchun ko‘proq fri yeyish taklif etilyapti