06:00 / 30.06.2020
3 419

Xitoyda bo‘lib o‘tgan yog‘ingarchilik va toshqinlarida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi (video)

Xitoyda bo‘lib o‘tgan yog‘ingarchilik va toshqinlarida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi (video)
O‘tgan ikki kecha-kunduzda Xitoyning Sichuan provinsiyasida bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘irlar va ular natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolid, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Mahalliy hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, kuchli shamol va yog‘ingarchiliklardan so‘ng Myannin uyezdida 12 kishi halok bo‘lgan va o‘ndan ortiq kishi izsiz yo‘qolgan. Ixay shaharchasida esa suv toshqinlaridan keyin to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yetti kishi bedarak yo‘qolgani ayilmoqda. Shuningdek, Gaoyan uyezdida ham ikki kishi halok bo‘lgan va uch kishi yo‘qolgan.

Sichuanga yopirilgan tabiiy ofat jami 10 ming kishining mol-mulkiga zarar yetkazgan — mahalliy yo‘llar avtotrassalardan uzilib qolgan, suv hatto ko‘p qvatli uylarga ham shikast yetkazgani aytilmoqda. Favqulodda xizmatlar tumandan 7,7 ming kishini evakuatsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda bo‘lib o‘tgan yog‘ingarchilik va toshqinlarida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi (video)