22:38 / 04.07.2020
3 276

Turkiya qozog‘istonliklar uchun kirishni cheklab qo‘ydi

Turkiya qozog‘istonliklar uchun kirishni cheklab qo‘ydi
Turkiya qozoq fuqarolarining o‘z hududiga kirishini cheklab qo‘ydi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Talgat Lastayev ma’lum qildi.

"Kecha bizga rasmiy xabar kelib tushdi, bugungi kundan boshlab Qozog‘iston fuqarolarining kirishlari cheklangan, Turkiyada yashash huquqiga ega va ishlash ruxsatiga ega bo‘lgan fuqarolar bundan mustasno, boshqa barcha fuqarolar uchun kirish taqiqlangan. Shunga ko‘ra, aviakompaniyalar tomonidan ilgari olib kirilgan yo‘lovchilarni qaytarish uchun parvozlar amalga oshiriladi», - dedi Talgat Lastayev bo‘lib o‘tgan brifingda.

Biroq, u aviakompaniyalar barcha majburiyatlarni bajarishiga ishontirdi. "Ya’ni, hozirda Turkiya Respublikasi hududida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar olib ketilib, aviakompaniyalarning barcha majburiyatlari bajariladi", - deya qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Astana Qozog‘istonda karantin kuchayganligi sababli Qozog‘iston fuqarolari uchun Turkiyaga kirish vaqtincha taqiqlanishi haqida xabar bergan edi. Shu yil 29 iyun Qozog‘iston Prezidenti koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralari bo‘yicha yig‘ilish davomida Davlat komissiyasiga qat’iy karantin joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishni topshirdi.

Epidemiologik vaziyatning murakkablashishi va Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining ko‘payishini hisobga olgan holda, Davlat komissiyasi joriy yilning 5 iyulidan boshlab 14 kunga cheklov choralari joriy etishga qaror qildi. Qozog‘iston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining qat’iy cheklovli karantin choralarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya qozog‘istonliklar uchun kirishni cheklab qo‘ydi