Ushbu ayollarning qarori har qanday narsa kechirilishi kerakligini emas, balki ular juftidan farqli o‘laroq oila oldida mas’uliyatli va oqila ekanini bildiradi.
Nikol Kidman va Kit Urban
Hello Magazine
2015 yil sariq matbuotda musiqachi Kit Urbanning xiyonati haqidagi xabar muxlislarni larzaga soldi. Unga ko‘ra, Kit xonanda Kelsi Ballerini bilan munosabatda bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Bu vaqtda Nikol farzandlari bilan birga Londonda bo‘lgan. Shundan keyin turli noxushliklar, kelishmovchiliklar yuz bergan, ammo juftlik nima bo‘lgan taqdirda ham oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik
Foto: Getty Images
Sara Jessika Parker ijro mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa hisoblanadi. Saraga havas bilan qaralgani bilan uning hayotida ham o‘ziga yarasha past-balandliklar bor. Bir vaqtlar turmush o‘rtog‘i Mettyu Broderik unga xiyonat qilgan. U ofitsant qiz bilan SMS xabar orqali gaplashib yurib, keyin uchrashishni boshlagan. Shundan keyin juftlik o‘rtasida qanday noxushliklar bo‘lgan ularning o‘ziga ayon, asosiysi esa munosabatlarga nuqta qo‘yilmagan.
Beyonse va Jay-Z
Foto: Politeka
Mashhur juftlikning ajrashib ketishiga sal qolgan. Bunga Jay-Z’ning noto‘g‘ri qadam bosgani sabab bo‘lgan. Musiqachi Rita Ora, Reychel Royga ilakishib qolgan. Beyonse ajrashish fikridan qaytishi oson bo‘lmagan, lekin oilasi buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.
Viktoriya va Devid Bekhem
Foto: «Vintage.kz»
Viktoriyaning irodasiga qoyil qolsa arziydi. 2004 yilda futbolchi Bekhem hamda uning yordamchisi Rebekka Lus o‘rtasida munosabat borligini ommaga ma’lum bo‘lgan. Viktoriya bunga jim qarab turmagani aniq, lekin oila muqaddasligi sabab u ajrashmoqchi emasligini bildirib, turmush o‘rtog‘idan ko‘ra oila va farzandlari oldida mas’uliyatli ekanini isbotlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi