17:05 / 17.07.2020
1 849

AQSH bosh prokurori IT-kompaniyalar va Hollivudni Xitoy oldida tiz cho‘kishda aybladi

AQSH bosh prokurori IT-kompaniyalar va Hollivudni Xitoy oldida tiz cho‘kishda aybladi
Uilyam Barr / Foto: Win McNamee / Getty Images
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr Amerikaning yirik kompaniyalari, jumladan Google va Apple kompaniyalarini Xitoy bilan hamkorlik qilishni xohlashda aybladi.

U Hollivudni misol qilib keltirdi va u yerdagi kompaniyalarni Xitoyning roziligini olish uchun filmlarni senzura qilishda aybladi. Bosh prokuror Xitoy oldida «tiz cho‘kkan» birgina Hollivud emasligini ta’kidladi.

«Google, Microsoft, Yahoo va Apple kabi kompaniyalar yillar davomida Xitoy bilan hamkorlik qilishga katta ishtiyoq namoyish etdi», — dedi Barr. U Apple Xitoyning talabi bilan ayrim ilovalarini o‘chirib tashlaganini misol qildi.

Bosh prokuror shuningdek, Disney kompaniyasi 1990-yillarda Dalay-lama hayoti haqidagi «Kundun» filmi uchun Xitoyning talabi bilan uzr so‘raganini eslatdi. Shundan so‘ng kompaniya Shanxayda tematik park ochgan.
«Parkning 11 ming xodimidan 300 nafari Xitoy kommunistik partiyasining faol a’zolari hisoblanadi», — dedi Barr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH bosh prokurori IT-kompaniyalar va Hollivudni Xitoy oldida tiz cho‘kishda aybladi