14:44 / 18.07.2020
2 849

Amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida «ijobiy va salbiy» xulosalarni ma’lum qildi

Amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida «ijobiy va salbiy» xulosalarni ma’lum qildi
Foto: AP Photo
Tobora ko‘proq tadqiqodchilar, asosan, xitoylik olimlar organizm SARS-CoV-2 virusiga qarshi immunitetni qisqa muddatga saqlab qoladi, degan fikrga kelmoqda. Jorj Meyson universitetining (Virjiniya, AQSH) Tizimli biologiya maktabi professori, biologiya fanlari doktori, «Atlas» biotibbiy xolding ilmiy direktori Anchi Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda immun mexanizmining bir nechta ishlash variantlari mavjud bo‘lib, ulardan yomon va yaxshi xulosalar chiqarish mumkin. Bu haqda Baranova «RBK»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Birinchi variantda ayrim odamlarning immun tizimi virusni antitana sintezlagungacha organizmdan «tozalab tashlashga» qodir.
«Bu bir tomondan ham yaxshi, ham yomon. Yaxshi tomoni shundaki, odam immuniteti koronavirus infeksiyasini yengish uchun yetarlicha kuchli. Yomon tomoni esa virus organizmdan juda tez chiqarib yuboriladi va immun tizimi infeksiyaga ‘antitana xotirasi’ yaratishga ulgurmaydi», — deya tushuntirish bergan u.

Bu holatda olimlar va shifokorlar odam COVID-19’ga kasallanish ehtimolidan qanchalik himoyalanganini bila olmaydi. Undan ham yomon jihati, odamda kasallikka qarshi uzoq muddatli himoya bo‘lmaydi.

Shuningdek, yana bir variantda COVID-19 bilan kasallanib sog‘aygan odamda kuchsiz va qisqa muddatli immunitet shakllanadi. Qaytadan kasalikka chalinganda esa immunitet yanada kuchlilashmaydi. Baranovaning ta’kidlashicha, birinchi marta kasallanganda antitanalar ko‘proq ishlab chiqariladi. Qayta kasallanganda esa xuddi shuncha yoki undan kamroq antitanalar ishlab chiqariladi. «Qolaversa, qayta kasallanganda immun tizimi ‘xotirasi’ uyg‘onib, u yana antitana ishlab chiqarishni boshlashiga hech qanday ishonch yo‘q», — deydi olim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida «ijobiy va salbiy» xulosalarni ma’lum qildi