Shunday jazirama issiqda barcha insonning toqqa chiqib, musaffo osmonda dam olgisi keladi, albatta. Shunday emasmi?
Keling endi hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta tashrif buyurishingiz kerak bo‘lgan maftunkor tog‘lar haqida gaplashsak. Bugungi maqolamizda biz sizlarga TOP 3 manzarali tog‘lar haqida qisqacha ma’lumotlar qayd etib o‘tamiz.
1.Matterhorn tog‘i
Ushbu Alp cho‘qqisi Shveysariya hamda Italiya o‘rtasidagi chegarani o‘ziga qamrab oladi. Bu tog‘ afsonaviyligi bilan nom qozongan. Tog‘ni ilk bor 1865 yilda mashhur britaniyalik Edvard Uimper zabt etgan. Tog‘ning balandligi 4478 metr. U piramida shakliga egadir. Har yili 2000 dan ortiq insonlar Matterhorn tog‘ining cho‘qqisiga chiqishadi.
2.Denali tog‘i
Denali Shimoliy Amerikadagi eng baland cho‘qqi. Ushbu tog‘ning balandligi 6190 metr. Avvallari bu tog‘ni Mak Kinli deb atashardi. Ammo ko‘p yillar davomida sodir bo‘lgan to‘xtovsiz ziddiyatlardan so‘ng, 2016 yilda bu tog‘ni mahalliy aholi Denali deb atashni boshlashdi. Bu tog‘ o‘zining salqin havosi bilan insonlarni o‘z bag‘riga chorlayveradi.
3.Kirkjufell tog‘i
G‘aroyib konussimon Kirkjufell yoki “Cherkov tog‘i” Islandiyaning eng ko‘p suratga olinadigan joyi sifatida tan olingan. Chunki bu tog‘ning ajoyib manzarasidan ko‘plab insonlar bahramand bo‘lib ketishadi. Rasmda ko‘rib turganingizdek, u yerda maftunkor sharshara hamda sohillar ham bor. Bu yerga tashrif buyurgan inson hech qachon afsuslanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi