10:44 / 24.07.2020
3 206

«Taksi» muvaffaqiyatidan keyin film yulduzi Sami Naserining hayoti qanday kechdi?

«Taksi» muvaffaqiyatidan keyin film yulduzi Sami Naserining hayoti qanday kechdi?
Foto: «Yandeks Dzen»
Sami Naseri komediya, sarguzasht elementlarini o‘zida mujassam qilgan Fransiyaning «Taksi» filmidagi Daniel roli bilan yaxshi tanilgan. «Taksi»ning birinchi qismi 1998 yilda suratga olingan bo‘lib, u vaqtda aktyor 37 yoshda bo‘lgan. Quyida Samining hayoti bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar haqida bo‘lishamiz.

Bo‘lajak aktyor 16 yoshida maktabni tashlab, ishlashga kirishgan. Uzoq vaqt davomida sahnada o‘zini topishga harakat qilgan Sami ilk bor 1995 yilda rejissyor Tom Jilning «Jannat» filmida rol ijro qiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Keyin esa Lyuk Bessonning mashhur «Leon» filmida shlem kiygan politsiyachilardan birining rolini gavdalantiradi. 2006 yilda suratga olingan «Patriotlar» filmidagi Yassir roli uchun «Eng yaxshi erkak aktyor» deb topiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2000 yildan boshlab aktyor hayotida turli o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. 2003 yilda mast holda mashina haydagan Sami haydovchi bilan mushtlashgani sabab 6000 yevro jarima to‘lab, uch yilga haydovchilik guvohnomasidan ayriladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2005 yilda esa Von Dutch firmasi stilistini kaltaklagani sabab ikki oyga ozodlikdan mahkum qilinadi. 2008 yilda haydovchilik guvohnomasidan ayrilganiga qaramasdan mashina haydab, politsiya xodimini urib yuboradi va oqibatda 7500 yevro jarima to‘lab, olti oy ozodlikdan mahrum qilinadi va alkogoldan qutulish uchun davolovchi kurslarga yozilishga majbur bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2018 yilda Moskvadagi karoke-barlardan birida Belarus fuqarolari bilan mushtlashib, yana bir marta politsiyaga tushadi. Bu kabi voqealar uning karerasiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Taksi» muvaffaqiyatidan keyin film yulduzi Sami Naserining hayoti qanday kechdi?