23:56 / 07.08.2020
4 066

Sayyoradagi eng sovuq joy 17 yillik izlashlardan keyin topildi

Sayyoradagi eng sovuq joy 17 yillik izlashlardan keyin topildi
The Epoch Times nashrining xabar berishicha, eng sovuq joy Antarktidadagi Qirolicha Mod yerining sharqiy qismida joylashgan muz qalqonining cho‘qqisidagi Argus va Fuji gumbazlarini bog‘lovchi muz tizmasida joylashgan.

U yerda olimlar chuqurligi 2 metrdan 4 metrgacha keluvchi botiqliklarni aniqlashgan. Bu botiqliklarda minus 94 darajagacha sovuq havo to‘planadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bunday haroratda ehtiyotsizlik qilib nafas olinsa, sovuq urish jarohatlari olish mumkin.

Ekologlar Yerdagi eng sovuq joyni 2003 yildan beri Akva va Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshlari yordamida qidirib kelishgan.
Bungacha Yerda qayd qilingan eng sovuq harorat minus 89,2 daraja hisoblangan. Bunday ekstremal harorat 1983 yilda Antarktikadagi Vostok satnsiyasida qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoradagi eng sovuq joy 17 yillik izlashlardan keyin topildi