06:33 / 15.08.2020
4 672

Koronavirus haqidagi soxta ma’lumotlar sabab vafot etganlar soni hisoblab chiqildi

Koronavirus haqidagi soxta ma’lumotlar sabab vafot etganlar soni hisoblab chiqildi
Koronavirus haqidagi soxta ma’lumotlar dunyo bo‘ylab kamida 800 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Amerikaning Tropik tibbiyot va gigiyena jurnaliga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Tadqiqot Avstraliya, Bangladesh, Tailand va Yaponiyadan o‘nta olim tomonidan o‘tkazilgan. Olimlarning aniqlashicha, qurbonlarning aksariyati metanol yoki alkogol asosidagi dezinfeksiyali moddalar bilan zaharlanish natijasida shunday holga tushgan. Ular yuqoridagi moddalardan tayyorlangan dezinfeksiya vositasini COVID-19’ni «davolash» sifatida ishlatgan.

Xususan, olimlar dunyoning 87 mamlakatidan kelgan 2 276 ta xabarni tahlil qilgan, ularning aksariyatida koronavirus kasalligining tabiati, uning yuqish yo‘llari, profilaktika choralari va davolash usullari haqida soxta ma’lumotlar mavjud.

Bunday xabarlar natijasida turli mamlakatlarda 800 ga yaqin odam vafot etgan, 60 kishi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va qariyb olti ming kishi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib qolgan.

Avvalroq Rossiya razvedkasining 2 xodimi koronavirus haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus haqidagi soxta ma’lumotlar sabab vafot etganlar soni hisoblab chiqildi