
Foto: «RIA Novosti»[sup][/sup]
Dubay merosxo‘r shahzodasi Hamdan ibn Muhammad al-Maqtum mashinasining kapoti ustiga bir juft musicha uya qurdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Shayx hayvonlarga bo‘lgan mehri bilan tanilgan atrof-muhit himoyachisidir. Hamdan xotirjam bir juft qushni tasvirga oldi va o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi.
Video ikki million martadan ko‘proq tomosha qilingan.
Xabar qilinishicha, shahzoda biror kimga mashinaga yaqinlashishni va qushlarni bezovta qilishni qat’iy taqiqlagan. Hudud to‘siq lentasi bilan o‘ralgan. Shayxning o‘zi qisqa masofadan qushlarni videoga olgan.
Qushlar Mercedes AMG avtomashinasini yangi uy sifatida tanladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing