Foto: Daily Star
AQSHning Kaliforniya shtatida yashovchi qiz 88 kilogramm vazn tashladi. Bundan avval shifokor uni qandli diabet kasalligining boshlanishi haqida ogohlantirgan. Bu haqda Daily Star xabar berdi.
23 yoshli Tennen Ordunev bolaligidan buyon ortiqcha vazndan aziyat chekib, turli xil parhezlarni amalda qo‘llab ko‘rgan. Maktabni tamomlagach, fastfud yeguliklarini iste’mol qilish ortidan yanada vazni ortib ketadi. «Mening do‘stlarim kam edi, shuning uchun ovqat yeyish bilan o‘zimni ovuntirardim», – deydi Ordunev. Uning vazni eng cho‘qqiga chiqqanda 152 kiloni tashkil etdi.
Shuningdek, Ordunev yuqori qon bosimidan ham aziyat chekardi. 2017 yilda bir shifokor unda tez orada qandli diabet kasalligi ham boshlanishini aytadi. Shundan so‘ng u ozishga qat’iy qaror qildi va oshqozonini jarrohlik amaliyoti yordamida kichraytirdi. Natijada Ordunev 88 kilogramm vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra u eski fotosuratlardagi kabi holat va kiyimda, faqatgina yangi vazn bilan suratga tushdi. U tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgandi.
Foto: Daily Star
«Men hech qachon u kunlarga qaytishni xohlamayman, sababi juda baxtsiz va nosog‘lom edim», – deydi Ordunev. – Jarrohlik amaliyoti hayotimni saqlashga yordam berdi. Hozir men umuman boshqa insonman. Umid qilamanki, ushbu hikoyam kimgadir yordam beradi va vazn kamaytirishga qadam tashlaydi. Garchi dastlab qiyin bo‘lsa-da, lekin bunday natijaga arziydi».
Uning ta’kidlashicha, o‘zini tamoman boshqa insondek his qilmoqda va boshqalarning ham hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga yordam berishni istaydi.
Foto: Daily Star
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin