Foto: «TASS»
Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘lgan taqdirida ham mamlakatni hech kimga bermasligini aytdi. U bu haqda o‘zini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan mitingdagi nutqida ta’kidlab o‘tgan.
«O‘limimdan keyin ham kimdir mamlakatni boshqa birovga berib yubormoqchi bo‘lsa, men bunga qarshi chiqaman», — degan Lukashenko.
«Litva, Latviya, Polsha va afsuski, bizning qondosh Ukraina saylovlarni qaytadan o‘tkazishni talab qilmoqda. Agar biz ularning aytganini qilsak, havo kemasi ishdan chiqadi va uning barqaror ishlashini ta’minlay olmaymiz! Davlat sifatida o‘lamiz, millat, xalq jon beradi», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra 80 foizlik ovoz berish natijalarini qalbakilashtirishning imkoni yo‘q. «Shu yerda va Tangri oldida turib qasam ichaman, saylovlar halol o‘tkazildi», — degan u.
Lukashenko mitingdagi nutqini quyidagi so‘zlar bilan yakunlagan: «Hayotim davomida ilk bora oldingizda tiz cho‘kib turibman! Siz bunga munosibsiz!». Keyin u hamma bilan xayrlashib, o‘g‘li Nikolay hamrohligida Hukumat uyiga kirib ketgan.
Tut.by portalining yozishicha, budjetdan maosh oluvchi harbiylar va boshqa davlat xodimlari mitingda qatnashishga majbur qilingan. Ularni ishdan haydash, agar ushbu tadbirda ishtirok etishmasa, rahbariyat o‘zgarsa qamoqqa tushishlari mumkinligini aytib qo‘rqitishgan, bosh tortganlarning ro‘yxati tuzib chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi