Ushbu mavzuda tadqiqot olib borgan Illinoys universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, paxta matosidan tayyorlangan ko‘p qatlamli niqob virusdan tibbiy niqob kabi samarali himoya qila olmaydi. Ammo virusni tarqatadigan nafas olish tomchilarini muvaffaqiyatli ushlab qoladi.
O‘z navbatida, Britaniya akademiyasi olimlari ko‘p qatlamli matodan tikilgan niqoblarning nafas yo‘llari infeksiyasining tomchilar orqali tarqalish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Ularning yozishicha, zichligi 600 tola bo‘lgan ikki qavat paxtali mato va shifondan tayyorlangan niqoblar 300 nanometrdan kichikroq bo‘lgan zarralarning 80 foizdan ko‘prog‘ini va undan kattaroq zarralarning 90 foizdan ko‘prog‘ini filtrlay oladi.
Bundan tashqari, Illinoys universiteti olimlari toza paxtadan tikilgan va uch qavatli futbolka jarrohlik kiyimi kabi himoya darajasiga egaligini ta’kidlashmoqda.
JSST esa bu borada tibbiy bo‘lmagan matodan tayyorlangan niqoblardan foydalanishda ularni kuniga kamida bir marotaba sovun yoki kir yuvish vositalari bilan issiq suvda (kamida 60 daraja) yuvishni tavsiya qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti