Xitoyda kelinlar uchun ko‘z yoshini artadigan maxsus vosita yaratildi

Xitoyda to‘y kuni yig‘lab yuboradigan kelinlar uchun noodatiy vosita o‘ylab topildi. Maxsus uzun paxtali cho‘pchalar yordamida kelinlarning ko‘z yoshlarini pardozga zarar yetkazmasdan artish mumkin.
Ushbu moslama ko‘z yoshini tezda shimib oladi va uning yuz bo‘ylab oqib, pardozni buzishining oldini oladi. Ayniqsa, to‘y marosimida hissiyotga berilib yig‘lab yuboradigan kelinlar uchun bu vosita juda qo‘l kelishi mumkin.
Mazkur noodatiy yechim ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otib, foydalanuvchilar orasida turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.































Izohlar 0
…