08:43 / 26.08.2020
3 017

Ziyrak it egasining hayotini saqlab qoldi (video)

Ziyrak it egasining hayotini saqlab qoldi (video)
Foto: «Depositphotos/Chalabala»
AQSHning Glendeyl shahrida it ko‘ngilsiz hodisaga duchor bo‘lgan bekasini qutqarish uchun o‘tkinchi yo‘lovchini uning yoniga boshlab keldi.
«KTLA» portali videokameradagi tasvirlarni internetga joylagan.

Kirk Uayt ismli axlat yig‘uvchi itning egasi yashaydigan Gvendola Jonson uyining yonidan o‘tib ketayotgandi. It uning yoniga yugurib borib, ko‘ngilsiz hodisa yuz berganini tushuntirishga urinib vovillay boshlagan. Jonivorning ortidan ergashgan yigit yerda yotgan Gvendolani ko‘rgan. Bir soat avval 88 yoshli ayol ayvondan yiqilib tushgan va o‘rnidan turolmay qolgan.

Kirk uning turishiga yordamlashgan va jarohatlanmaganiga ishonch hosil qilgan.
«Videoni ko‘rganimizdan so‘ng hammamiz rosa yig‘ladik. Sendi (itning laqabi) ajoyib harakat qildi», — deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Gvendolaning nevarasi Sheril Malvar.

U Uayt bilan Sendini haqiqiy qahramonlar deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ziyrak it egasining hayotini saqlab qoldi (video)