Foto: RedBull
Ayrim uchuvchilar parvoz vaqtida noma’lum uchar jismlar bilan to‘qnash kelganini gapiradi, biroq ularning hikoyasidan Los-Anjelesga qo‘nishni amalga oshirish vaqtida reaktiv kiyimdagi noma’lum erkakni ko‘rgan American Airlines uchuvchisiniki oshib tushdi. Bu vaqtda ular taxminan 914 metr balandlikda bo‘lgan, deb yozadi Fox 11.
Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda u Los-Anjelesdan 10 mil uzoqlikda bo‘lgan. Shu payt samolyot qanoti yonidan bir erkak uchib o‘tgan. Havo kemasi kapitani bu haqda aeroportdagi aviadispetcherni ham ogohlantirgan, buni qayd etilgan yozuvlardan tekshirish mumkin. Samolyot va reaktiv kiyimdagi erkak bir xil balandlikda taxminan bir-biridan 300 metr uzoqlikda bo‘lgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi holatga SkyWest aviakompaniyasi uchuvchisi ham duch kelgan. Reaktiv kiyimdagi erkakning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda. Bu kabi g‘ayrioddiy holatlar faqat Los-Anjeles yaqinida sodir bo‘lmoqda. Holat yuzasidan FQB tergov ishlarini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avgust o‘rtalarida AQSH Mudofaa vazirligi noma’lum uchar jismlar (NUJ) paydo bo‘lish holatlarini kuzatuvchi ishchi guruhni tuzgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi