Foto: Reuters
8 sentabrdagi savdolar vaqtida Tesla kompaniyasi aksiyalari 20 foizga qadrsizlashib ketdi. Bunga esa S&P 500 indeksi qo‘mitasining kompaniyani indeksga qo‘shmaslikka qaror qilganiga bozorning munosabati sabab bo‘lgan.
Tesla indeksga qo‘shilmasligi 4 sentabrda ma’lum bo‘lgan. Shundan keyin kompaniya aksiyalari narxi 8 foizga tushib ketgan. 7 sentabrda AQSHda Mehnat kuni nishonlangani sababli birjalar ishlamagan. 8 sentabrdagi savdolar o‘rtalariga kelib kompaniya aksiyalari narxi biroz o‘sgan, biroq avvalgi savdolarga nisbatan 15 foiz arzonroq sotilgan.
Kompaniya aksiyalari joriy yil boshidan beri 400 foizga qimmatlashgandi. Ushbu natija evaziga Tesla dunyodagi eng qimmatbaho avtomobilsozlik kompaniyalaridan biriga aylangan.
“Bir tomondan, uning aksiyalari S&P 500’ga kiritilmagani uchun arzonlashgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu kompaniya qiymatining to‘g‘rilanishidir”, deb ta’kidlab o‘tgan NORD/LB nemis banki tahlilchisi Frank Shvope. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?