2 621
Xitoy “Tolibon”ni elektr energiya va infratuzilma bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi
Foto: AFP
Xitoy hukumati “Tolibon” harakati rahbariyatiga ularni transport infratuzilmasi bilan ta’minlash va boshqa zaruriy iqtisodiy yordam berishni taklif qildi. Biroq buning uchun toliblar AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgach barqarorlikni ta’minlashda yordam berishi lozim. Bu haqda Belujiston viloyatidagi bir necha qabila boshliqlari bilan suhbatga tayanib Financial Times britan nashri xabar berdi.
“Xitoy rasmiy vakillari “Tolibon”ga yo‘llar qurilishiga sarmoya ajratishni taklif qilgan. Keyinroq Xitoy energetik loyihalar, jumladan elektr energiya ishlab chiqarilishi va Markaziy Osiyodan gaz transportirovkasi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan”, deb ma’lum qilingan nashrda. Afg‘onistondagi bir qabila boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Xitoy rejasi Afg‘onistondagi barcha asosiy shharlarda zamonaviy olti polosali yo‘llar qurilishini ko‘zda tutishi mumkin.
Ushbu ma’lumot toliblarga ko‘plab yillar davomida qurol yetkazgan va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan Pokistonda tasdiqlangan. Pokiston tashqi ishlar vazirligi xodimining ta’kidlashicha, Xitoy vakillari toliblar bilan faol muloqot qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi