19:06 / 15.09.2020
2 468

Indoneziyada niqob taqmasdan yurgan erkaklar koronavirusdan vafot etganlar uchun qabr qazishga yuborilmoqda

Indoneziyada niqob taqmasdan yurgan erkaklar koronavirusdan vafot etganlar uchun qabr qazishga yuborilmoqda
Foto: The Daily Mail
Indoneziyaning Gresik okrugida pandemiya vaqtida niqobsiz yurgan erkaklarni profilaktika maqsadida jazolashga qaror qilindi. Qo‘lga tushgan qoidabuzar erkaklar koronavirus qurbonlari uchun qabr qazishga yuborilmoqda, deb yozadi The Daily Mail.

Ma’lum qilinishicha, qabr qazish ishlariga dastlab sakkizta qoidabuzar yuborilgan. Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning hududida faqat uch nafar professional go‘rkov qolgan, shu sababli «ularga yordam zarar qilmaydi».

Gresikda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortishni davom etmoqda va mahalliy qishloqlarda karantin choralari kuchaytirilyapti. «Ko‘pchilik turli sabablarga ko‘ra yangi karantin qarorlarini mensimayapti va ularni jamoat ishlari kabi jazo kutmoqda», — deydi mahalliy hukumat vakili.

Indoneziyada COVID-19’ga chalinganlar sonining ortishi davom etmoqda, o‘tgan bir sutkaning o‘zida yana 3636 kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlar soni 221 ming kishidan oshgan, hozirga qadar 8841 kishi virus qurboniga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada niqob taqmasdan yurgan erkaklar koronavirusdan vafot etganlar uchun qabr qazishga yuborilmoqda