Foto: tengrinews.kz
BMT bosh qarorgohida Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi fakultativ bayonnomasini imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro bayonnomaga qo‘shilish haqida qarorni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev avvalroq BMT Bosh assambleyasining 75-yubiley sessiyasi umumiy siyosiy muzokaralardagi nutqida e’lon qilgan edi.
«Ushbu xalqaro hujjatning imzolanishi o‘lim jazosini qo‘llash sohasini bosqichma-bosqich toraytirish va jinoyat qonunchiligini insonparvarlashtirish yo‘lining davomidir», - deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda 2003 yilda moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan o‘lim jazosini qo‘llash to‘liq to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan