23:03 / 26.09.2020
2 460

Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi

Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi
Foto: NASA
Event Horizon Telescope loyihasida ishtirok etuvchi olimlar Yerdan 55 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan M87 qora tuynugi atrofidagi halqaning plazmasi aylanishi va turbulent o‘zgarishga uchrashini isbotlovchi ilk vizual dalillarga ega bo‘ldi. Suratlar ilk bor bundan bir yil oldin taqdim etilgan, deb yozadi The Astrophysical Journal.

Olimlar mazkur ob’ektni 2009 yildan buyon kuzatib keladi. Hozirga kelib mutaxassislar halqa plazmasi o‘zining yorqinligini o‘zgartirganini aniqlangan. Halqa markazida joylashgan qora tuynuk soyasining o‘lchami o‘zgarmagan bo‘lib, bu ob’ektning tabiatini tasdiqlaydi.

Halqa chang va gazlardan iborat. Ular aylanib, akkretsion diska tarkibida qora tuynukka tushadi, notekis yorqinlik esa Dopler effektining oqibati. Kuzatuvchi yo‘nalishida harakatlanayotgan diska yorqinroq, uzoqlashayotgani esa oqroq. Ushbu holatda yorqin qismi halqaga yaqinlashgan, bu esa oqimning turbulentligidan dalolat.

Foto: Ioppsiense
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, bu kabi kuchli tebranishni magnit maydoni yoki qora tuynukning impuls momenti va akkretsiya oqimi orasidagi nomutanosiblik yuzaga keltirgan bo‘lishi mumkin.

Astronomlar qora tuynukning yanada ko‘proq suratlarini olish maqsadida ob’ektni kuzatishni davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda astrofiziklar ilk bor Parizod yulduzlar turkumidagi uzoq galaktika markazidagi ulkan massali qora tuynuk atrofining mukammal suratlarini olgan va u qanday qilib gaz va chang bulutini «yeb qo‘yganligi»ga guvoh bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi