07:37 / 06.10.2020
2 132

Olimlar qo‘l bilan yozish xotira va o‘rganishga klaviaturada yozgandan ko‘ra foydaliroq ekanini aniqladi

Olimlar qo‘l bilan yozish xotira va o‘rganishga klaviaturada yozgandan ko‘ra foydaliroq ekanini aniqladi
Foto: Grade Power Learning
Norvegiyaning Tabiiy va texnika fanlari universiteti mutaxassislari kattalar va bolalarning qo‘lda yozib olgan axborotlarni yaxshiroq o‘rganishi va eslab qolishini aniqladi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar beradi.

Buni isbotlash uchun Professor Odri van der Meyer va uning hamkasblari tomonidan ikki marotaba tadqiqot o‘tkazilgan. 2017 yilda o‘tkazilgan birinchi tadqiqotda 20 nafar talaba, 2020 yildagisida esa 12 nafar katta yoshli odam va 12 nafar bola ishtirok etgan.

Yozish davomida ruchka qog‘oz bo‘ylab harakatlanadi, harf va so‘zlar yozilganda ovoz eshitiladi va his qilinadi. Bu kechinmalar vaqtida miyaning turli qismlarida aloqa o‘rnatiladi va natijada yaxshiroq o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Surat chizish davomida ham miyada shunday faollik kuzatilishi mumkin, lekin mashinka yoki kompyuterda ishlaganda emas.

Odri van der Merning ta’kidlashiga qaraganda, qo‘l bilan yozish sekin jarayon ekaniga qaramay, bola mazkur zerikarli bosqichdan o‘tishi muhim. Murakkab qo‘l harakatlari va harflarni to‘g‘ri yozish bir nechta sabablarga ko‘ra foydali hisoblanadi. Klaviaturadan foydalanilganda qo‘l hamma harflar uchun bir xil harakatlanadi. Ruchka yoki qalam bilan yozilganda esa mayda motorika va his-tuyg‘ularni nazorat qilish kerak bo‘ladi.

Mutaxassislar raqamli qurilma va ta’limdan voz kechish tarafdori emas. Shunchaki, tadqiqotlari bilan miyadagi jarayon va informatsiyani yozib olish usuli o‘rtasida farq borligini, texnikada yozgandan ko‘ra qo‘l bilan yozganda miyaning ko‘proq o‘rganishini ko‘rsatib berishni istagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qo‘l bilan yozish xotira va o‘rganishga klaviaturada yozgandan ko‘ra foydaliroq ekanini aniqladi