
Qirg‘izistonda namoyishchilar talabi bilan korrupsiya uchun sudlangan sobiq bosh vazir Sapar Isakov koloniyadan ozodlikka chiqarildi. Isakov Qirg‘iziston hukumatiga Almazbek Atambayev prezident bo‘lgan vaqtda 2017 yildan 2018 yilgacha rahbarlik qilgan.
Shuningdek, namoyishchilar talabi bilan sobiq deputatlar Ravshan Jeenbekov va Sadir Japarov ham ozod etilgan.
Ayni vaqtda Bishkekda parlament saylovlarida yutqazgan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar 5 oktabrda boshlanib, kechga yaqin namoyishchilar soni 6 mingga yetgan.
Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev namoyishchilar talabi bilan Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan ozod etilgandi. Namoyishchilar va milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida olib borilgan muzokaralardan keyin Atambayev ozodlikka chiqarilgan.
Qirg‘izistonSapar IsakovKorrupsiyaNamoyishchilar TalabiO‘zodlikka ChiqarishBishkek Parlament Saylovlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar