Foto: «Ferra.ru»
Kuni kecha, 13 oktabr kuni «iPhone 12» smartfonlari taqdimoti o‘tkazilishi ortidan dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Rossiyada «an’anaviy» turnaqator navbatlar boshlandi. Yangi ayfonga qo‘shib, navbatlar ham sotilayotgani haqida «RIA Novosti» yozmoqda.
Masalan, «Avito» bepul e’lonlar saytida moskvalik bir foydalanuvchi savdolar rasman boshlanishidan bir, ikki, uch kun avval navbatda turib berish uchun o‘z xizmatini taklif etgan, narxi 50 000, 100 000 va 150 000 ming rubldan (650, 1300, 1950 dollar atrofida).
Solishtirish uchun: Rossiyada eng arzon ayfon (iPhone 12 mini, 64 GB) narxi 69 990 rubl, eng qimmati (iPhone 12 Pro Max, 512 GB) 139 990 rubl. iPhone 12 va 12 Pro uchun oldindan buyurtma berish 2020 yilning 21 oktabridan boshlanadi, iPhone 12 mini va 12 Pro Max uchun esa 6 noyabrdan buyurtma olish boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi