2 981
Rossiyalik olim COVID-19’ga qarshi vaksina qabul qilgan 4 toifa kishilarda antitanalar yaxshi shakllanmasligini aytdi
Foto: «Interfaks»
Koronavirusga qarshi vaksina qabul qilinganidan keyin paydo bo‘ladigan antitanalar keksa, spirtli ichimlik ichuvchi, ruhiy bosimga tushgan va yallig‘lanishga qarshi dori qabul qiladigan kishilarda yaxshi shakllanmaydi. Bu haqda Rossiyaning Gamaleya ilmiy markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
Markaz rahbarining ma’lum qilishicha, vaksina yuborilganidan keyin kimdadir ko‘proq, kimdadir kamroq antitana paydo bo‘ladi. Keksa kishilarning immun tizimi yoshlarnikiga qaraganda sust bo‘lib, fermentlar yomon ishlaydi, antitanalar ishlab chiqarilishi yaxshi bo‘lmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qiladigan kishilarda ham antitanalarni ishlab chiqarish yomon kechadi. Spirtli ichimliklar har qanday ko‘payayotgan hujayra uchun zaharli hisoblanadi. Doimiy ravishda kam miqdorda bo‘lsa ham spirtli ichimlik ichadigan kishilarning immun tizimi ham yomon ishlaydi.
Ginsburgning aytishicha, og‘ir yoki doimiy ruhiy bosim ham antitanalar shakllanishiga imkon bermaydi. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi dori qabul qiluvchi kishilarda ham ularning shakllanishi qiyin kechadi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur guruhlarga kiruvchi kishilarning immun tizimi har qanday vaksinaga nisbatan sekin ta’sirni namoyon qiladi, ularda boshqa kasalliklarga qarshi antitanalar ham kamroq shakllanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada patentlangan va ro‘yxatga olingan COVID-19’ga qarshi birinchi vaksina Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan yaratilgan «Sputnik-V» vaksinasi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi