Foto: Getty Images
Xalqaro maydonda Rossiya AQSH xavfsizligiga eng katta tahdid solmoqda, deydi demokrat. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Baydenning aytishicha, Rossiya AQSH uchun asosiy tahdiddir. Demokrat bu haqda 25 oktabr, yakshanba kuni CBS telekanalidagi intervyusida ma’lum qilgan.
“Menimcha, hozirgi paytda Rossiya bizning xavfsizligimiz va ittifoqlarimizga putur yetkazish nuqtai nazaridan eng katta tahdid hisoblanadi. Ikkinchidan, men Xitoyni eng katta raqibimiz deb bilaman”, – degan davlat rahbari lavozimiga nomzodlik qilayotgan Bayden.
“Qarang, Rossiya nima qilmoqda – u barcha diktatorlarga yaqinlashib, do‘stlarimizning ishlariga xalal berdi. NATO’dagi do‘stlarimiz bizdan yuz o‘girishmoqda, chunki ular bizga ishonmay qo‘yishdi”, – deydi Bayden.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti Rossiya dezinformatsiya va tashviqot bo‘yicha yetakchi o‘rinda turishini aytgan edi. Departament Rossiya Federatsiyasining ushbu sohadagi usullarini fosh etish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Shu bilan birga, Oq uy Moskvani eng kuchli raqib deb hisoblashdan bosh tortmoqda. Ularning fikricha, Xitoy hokimiyatining xatti-harakatlari “tobora ko‘proq jangari” tus olmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"