Foto: EPA
Namoyish bo‘lib o‘tgan Berlinning Aleksandrplas maydonida 2000 ga yaqin odam to‘plangan. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq Germaniyada joriy qilingan cheklov choralariga qarshilar 25 oktabr, yakshanba kuni Berlinda norozilik namoyishi o‘tkazdilar. Namoyish boshlangunga qadar Aleksandrplatsda 2000 ga yaqin odam yig‘ilgan edi, deya xabar bergan mahalliy politsiya.
Ishtirokchilar minimal masofani saqlamaganliklari va himoya niqoblari bo‘lmagani sababli, huquqni muhofaza qilish organlari tadbirni taqiqlashgan. Ammo bir necha yuzlab odamlar politsiyaning tarqatib yuborish chaqirig‘iga e’tibor bermay, Karl-Marks-Xiyobon bo‘ylab harakatlanishda davom etishgan.
Namoyishchilar: «Biz bu yerdamiz. Bizni ozodligimizdan mahrum etishgani uchun shovqin qilyapmiz», «Biz xalqmiz» shiorlari bilan qichqirib, barabanlarni urishgan va hushtak chalishgan. Olomon ichida bolalar va qariyalar ham bo‘lgan.
Berlinda yana bir necha namoyishlar Brandenburg darvozasi va Tiyergarten bog‘idagi G‘alaba ustuni atrofida bo‘lib o‘tgan. Namoyish ishtirokchilari orasida Butunjahon sog‘liqni saqlash sammitiga norozilik bildirgan «Querdenken» tashabbusi («Noodatiy fikrlovchilar» - tahr.) a’zolari ham bo‘lgan.
25 oktabrda boshlangan siyosatchilar va sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarning xalqaro yig‘ilishi dastlab Berlinning «Kosmos» konferens-zalida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli u videokonferensaloqa shaklida o‘tadigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi